Ashrafxonov: YTHda jarohatlangan bolalar hayoti uchun duoda bo‘lamiz

© Press-slujba posolstva Uzbekistana v RFPosol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov
Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov bugun yuz bergan YTH bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘rganish uchun Vladimir viloyatiga yetib keldi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov bugun yuz bergan YTH bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘rganish uchun Vladimir viloyatiga yetib keldi. U jabrlanganlarni vaqtinchalik joylashtirish markazi hamda kasalxonada bo‘ldi.

Vilet operativnoy meditsinskoy gruppi v Rossiyskuyu Federatsiyu dlya okazaniya meditsinskoy pomoshi uzbekistansam, postradavshim v rezultate avtokatastrofi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik shifokorlardan iborat tezkor guruh Rossiyaga uchib ketdi

"Jabrlanganlarga qarov yuqori darajada ekanligini aytishdi. Bundan tashqari, Moskvadan vertolotda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Roshal markazidan mutaxassislar, bolalar shifokorlari yetib kelishgan. Hozirda barcha zarur choralar amalga oshirilmoqda. Biz jarohatlangan bololar sog‘lig‘i va hayoti uchun duoda bo‘lamiz hamda rossiyalik shifokorlarning mahoratiga umid qilamiz", — dedi Ashrafxonov.

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiyaning Vladimir viloyatida "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd va avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Fojia oqibatida kamida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘lganligi aytilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining maxsus samolyoti orqali jabrlangan va vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarishni tashkil etish doirasida Hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Bundan tashqari, baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tezkor tibbiy guruh Rossiya Federatsiyasiga uchib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0