TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Vladimir viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tezkor aloqa liniyasini ishga tushirdi. Bu haqda elchixona saytida ma’lum qilingan.
"Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining Konsullik bo‘limida tezkor aloqa liniyasi ochilgan bo‘lib, unga quyidagi telefon raqamlari biriktirilgan: +7 499 230 00 32, +7 499 230 00 54, +7 499 230 07 15", deyiladi saytda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiyaning Vladimir viloyatida "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd va avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Xabarlarga qaraganda, avtobusda 55 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bo‘lgan. Fojia oqibatida 16 kishi qurbon bo‘lganligi aytilmoqda.