Vladimirdagi fojia joyidan videolavha

Obuna bo‘lish
2017 yilning 6-oktabrida tong soat 03:39da Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan avtobus va poyezd tshinashuvida 16 kishi qurbon bo‘ldi, 5 kishi og‘ir jarohatlandi. Qurbonlarning 15 nafari O‘zbekiston fuqarosi, bir kishi Qozog‘iston fuqarosi.
Tungi soat 03:39da pereyezddan o‘tayotgan avtobusning ayni temir yo‘l ustida dvigateli ishlamay qoladi. Haydovchi bir guruh yo‘lovchilar bilan avtobusni surib yo‘l chetiga chiqarishmoqchi bo‘ladi, lekin buning iloji bo‘lmaydi. Shu vaqt pereyezdga "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" tezurar poyezdi katta tezlikda yaqinlashib kela boshlaydi. Tashqarida bo‘lgan migrantlar buni ko‘rib chetga qochadi. Poyezd katta tezlikda kelib urilib, avtobusni ikki qismga bo‘lib yuboradi. Avtobusning orqa qismi joyida qoladi, oldini esa poyezd 200 metr nariga sudrab ketadi. To‘qnashuv natijasida poyezd kabinasida ham yong‘in chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0