TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Yangi tibbiy yelim metakril kislota MeTro va oqsil qorishmasidan iborat bo‘lib, u jarohatni berkitib, uning tabiiy yo‘l bilan yaxshi bo‘lib ketishiga imkon yaratadi.
"MeTro forumlasining yutug‘i shundaki, u inson to‘qimalari bilan aloqaga kirishgan zahotiyoq ularga yopishib qoladi va keyinchalik o‘z joyini o‘zgartirmaydi", — deydi yelim yaratuvchiliaridan biri Nazim Annabi.
Yelim jarohatga surtilganidan so‘ng, ultrafiolet nuri ostida inson to‘qimalariga mustahkam yopishib qoladi. MeTro yordamida ishlov berilgan jarohatlar ikki baravar tezroq bitadi va jarrohlik operatsiyalarni osonlashtiradi.
Olimlar yangi yelim inson sog‘lig‘iga zarar yetkizmasligini ta’kidlashmoqda. Uning tarkibiga kirtgan moddalar bir necha oy ichida organizmdan chiqarib yuborilar ekan.
Mutaxassislar ushbu ixtironing kelajagi porloqligini qayd etishmoqda. U ayniqsa avtoavariya va baxsiz hodisalar ro‘y berganda qo‘l kelishi qayd etilmoqda. Ayni damda ushbu yelim tajriba sichqonlari va cho‘chqalarda sinovdan o‘tgani qayd etilgan.