TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Joriy yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrif buyurishi kutilmoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz.
"Bilasizmi, o‘tgan yili fojiali voqea yuz berdi — O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etdi. Biz uning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rgandik. Lekin mazkur voqea rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Biz O‘zbekiston prezidentini Ozarbayjonga taklif qilib, maktub yubordik va bu taklif bajonidil qabul qilindi. Tashrif shu yil amalga oshirilishi aytildi", — dedi Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev.
Ilgariroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakat prezidenti Janubiy Koreya va Yaponiyaga davlat tashrifini amalga oshirishini ma’lum qilgandi.