TOShKENT, 4 okt — Sputnik. 1957-yilning 4-oktabrida, insoniyat koinotga ilk qadamini qo‘ygan edi — Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi "Sputnik-1" koinot qa’riga uchirilgan edi.
"Sputnik-1"ning maxfiy nomi PS-1 (prosteyshiy sputnik), ya’ni "Eng oddiy sputnik" ma’nisini bildiradi. U u diametri 58 sm, og‘irligi 83,6 kg bo‘lgan metall shar bo‘lib. Uning ichida batareykalardan ishlaydigan to‘rtta radioto‘lqin uzatuvchi moslama va tashqarisida to‘rt antennasi bor edi.
Shu damdan boshlab bugungi kunga qadar butun dunyo olimlari yerning sun’iy yo‘ldoshini ruscha so‘z bilan "Sputnik" deb atashadi.
Yerning sun’iy yo‘ldoshini yaratishda S. P. Korolov boshchiligida, M. V. Keldish, M. K. Tixonravov, N. S. Lidorenko, G. Yu. Maksimov, V. I. Lapko, B. S. Chekunov, A. V. Buxtiyarov va boshqa olimlar ish olib borgan.
Rossiyada koinot bilimlarining teoretik asosini yaratgan olim — Konstantin Siolkovskiy hisoblanadi. Siolkovskiy birinchi bo‘lib reaktiv harakat teoriyasi va kosmik kemada modullar joylashish sxemasini kashf qilgan. Bugun ham koinotga uchayotgan raketalar Siolkovskiy sxemasi bo‘yicha quriladi.