O‘zbek tadbirkorlari Tataristonga javob tashrifi bilan borishadi

© Pixabay / antonin77Zaklyuchenie sdelki
Zaklyuchenie sdelki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tatariston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan biznes forumda O‘zbekistondan 70dan ortiq kompaniya qatnashadi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Tatariston poytaxtida 15-19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘zbek-tatar biznes forumida O‘zbekistondan 70dan ortiq kompaniya qatnashadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Vo vstreche prezidenta Tatarstana Rustama Minnixanova s tatarskoy diasporoy prinyal uchastie ministr kulturi Uzbekistana Baxtiyer Sayfullayev i drugie ofitsialnie litsa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tatariston orasidagi hamkorlik 2-3 baravar ortadi

Toshkent shahar savdo-sanoat palatasi eksportni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i Sergey Ivashchenkoning aytishicha, bu Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifiga javob tashrifi bo‘ladi.

"Noyabrda Tataristonda biznes forum o‘tkazamiz. U yerga Qozon yarmarkasi doirasida kichik va xususiy biznes vakillari bilan boramiz. Ular tekstil, qurilish materiallari, tikuv mahsulotlari va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishidagi tadbirkorlardir", — dedi Ivashchenko Sputnik muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz, Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov 23-25 sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Samarqandda bo‘lib Birinchi Prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. So‘ngra Toshkentda tatar diasporasi vakillari va madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bilan uchrashdi.

Bundan tashqari, Minnixanov biznes forumda qatnashdi hamda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi.

Yangiliklar lentasi
0