Rossiya sanoat va savdo vaziri O‘zbekistonga keldi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu Denis Manturovning O‘zbekistonga uchinchi tashrifi bo‘ldi. Tashrif davomida Manturov Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etish va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashni rejalashtirgan.

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Bugung 3-oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov keladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda Manturov bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov, tashqi savdo vazir Elor G‘aniyev va Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov bilan uchrashishni rejalashtirgan. Undan tashqari vazir boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi o‘zbekiston-rossiya biznes forumida ishtirok etadi.

Kunning ikkinchi yarmida Denis Manturov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qabulida bo‘lishni rejalashtirgan. Shuningdek tashrif davomida OAV vakillari bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi ikki hafta ichida bu Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lgan uchinchi tashrifidir. O‘tgan haftada O‘zbekistonda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0