Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internat ochildi

© inclusive.uzShkolnie budni
Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli mazkur maktab-inernatda kuchli bilim va salohiyatli qo‘ituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Jizzaxda yangi maktab-internat ochildi, deb xabar qildi Jizzax shahar hokimligi matbuot-xizmati.

"O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Jizzax shahrida ona tili va adabiyoti fanlarini chuqurlashtirilib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat ilk o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oldi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 23-iyundagi 418-sonli qarori asosida bunyod etilgan yangi bilim dargohi Hamid Olimjon va Zulfiya nomi bilan yuritilib, unga test sinovlari asosida 120 nafar iqtidorli bola 5, 6, 7, 8-sinflarga o‘qishga qabul qilindi.

"Agrokvant" qurilish tashkiloti bunyodkorlaridan ajoyib sovg‘a oldik, — dedi maktab-internat direktori Sardor Rasulov. — 4 qavatli zamonaviy bilim koshonasi kasb bayramimiz arafasida foydalanishga topshirildi. Bu yerda shinam sinfxonalardan tashqari 100 o‘rinli yotoqxona, 75 o‘rinli oshxona, faollar zali mavjud. O‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida sportning futbol, basketbol, voleybol turlari bilan shug’ullanish imkoniyatiga egalar".

Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli mazkur maktab-inernatda kuchli bilim va salohiyatli qo‘ituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Ular safida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati Ma’mura Yoqubova, Erkin Ochilov, Sevara Rahmatullayeva, Gulora Mahmudova singari o‘z kasbining fidoyilari bor.

 

Yangiliklar lentasi
0