Las-Vegasdagi otishmada 50 kishi qurbon bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Ushbu jinoyat AQSh hududida eng ko‘p odam qurbon bo‘lgan otishma deyilmoqda.

Kecha, 1-oktabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida qurollangan fuqaro musiqali festivalga kelgan tomoshabinlarni o‘qqa tutgan.

Politsiya xabariga ko‘ra 50 dan ortiq odam qurbon bo‘lgan, 200 kishi jarohatlangan. Odamlarga qarata avtomat o‘qotar quroldan o‘t ochgan 64 yoshli Stiven Peddok politsiya tomonidan yo‘q qilingan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qurolli erkak mehmonxonaning 32 etajidan turib ochiq maydonda bo‘lib o‘tagotgan festivalga kelgan tomoshabinlarni o‘qqa tutgan. Ushbu jinoyat AQSh hududida eng ko‘p odam qurbon bo‘lgan otishma deyilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0