O‘zbekistonda naqd valyuta sotish hali boshlanmadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tijorat banklarida hozircha naqd xorijiy valyuta sotuvga chiqarilgani yo‘q. Bunga sabab - boshqaruv organlari tomonidan ushbu sohada banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yadigan yo‘riqnomalar chiqarishga ulgurmaganidir.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston banklari naqd valyuta sotishni hali boshlamadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bank sohasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, aholiga naqd valyuta sotish yo‘riqnomalarini belgilaydigan hujjat yaqin kunlarda paydo bo‘lishi kerak.

"10 oktabrgacha kerakli yo‘riqnomalarni olamiz va ularni amalga oshirishga kirishamiz. Ayni damda ushbu hujjat tayyorlanib Adliya vazirligi, Senat va Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilmoqda", — dedi bank xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sotish miqdorida cheklovlar, va valyuta sotishga doir barcha tafsilotlar ushbu hujjat chiqqanidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, boroz oldin O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun naqd valyuta sotib olish huquqi berilishi haqida e’lon qilingan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0