O‘zbekistonda yangi to‘lov tizimi paydo bo‘ldi

© Sputnik V Uzbekistane zapushena novaya platejnaya sistema Oson
V Uzbekistane zapushena novaya platejnaya sistema Oson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi to‘lov tizimi Oson to‘lov tizimi QR-kodlar va NFC chip orqali ishlaydi va mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovni smartfon orqali amalga oshirish imkonini beradi.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yangi to‘lov tizimi — Oson sinov tartibida ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida to‘lov tizimi yaratuvchilari xabar berishdi.

"Biz, avvalombor bizning to‘lov tizimimizdan foydalanadigan odamlarni o‘yladik. So‘rov o‘tkazib odamlar mahalliy banklar kartalari orqali to‘lov amalga oshirganda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganini bilib oldik. To‘lov tizimi imkoniyatlari cheksiz: kommunal xizmatlar, aloqa, internet haqidan tortib internet-magazinlarda xarid qilish yoki kafe va restoranlarda to‘lovlar amalga oshirishga qadar", — deyilgan   xizmatlari to‘lov tizimini ishlab chiqqan Brio Group kompaniyasi xabarida.

Oson to‘lov tizimi QR-kodlar va NFC chip orqali ishlaydi. Ushbu ikkala tizim elektron to‘lovlar amalga oshirganda xaridor hayotini juda qulay va xavfsiz qilishga xizmat qiladi.

Ayni damda Oson to‘lov tizimi yopiq guruh orasida beta-rejimda sinovdan o‘tmoqda. Kompaniya biznes vakillari, ommaviy mahsulot va xizmatlar yetkizib beruvchilarni hamkorlikka jalb qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0