TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Zafar Nurmatov Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari etib tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"Zafar Nurmatov Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari, shu jumladan Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ilgari mazkur boshqarmada bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlagan", — deyiladi TIV xabarida.