Kataloniya Ispaniyadan ajralmoqchi - politsiya va aholi orasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda

© AP Photo / Felipe DanaKataloniya, stolknoveniya politsii i storonnikov referenduma
Kataloniya, stolknoveniya politsii i storonnikov referenduma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVlar xabariga ko‘ra politsiya va tinch aholi orasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda 337 kishi jarohatlangan bir kishi og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Bugun ertalab soat 09:00 dan boshlab Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqish haqida umumxalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu referendum Ispaniya markaziy hukumati tomonidan tan olinmagan va Ispaniya Konstitutsion sudi tomonidan ta’qiqlangan.

Mamlakat polsiyasi aholini Kataloniyada ochilgan 2315 saylov uchastkalariga kirishga to‘sqinlik qilmoqda. RIA Novosti xabariga ko‘ra politsiya va tinch aholi  orasida  bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda 337 kishi jarohatlangan bir kishi og‘ir ahvolda.

Kataloniya hukumati xabariga ko‘ra, ovoz berish 96% saylov uchastkalarida davom etmoqda. Saylov uchastkalarini politsiyadan himoya qilishda Kataloniya fermerlari o‘z traktorlari bilan politsiya avtomobillari kira olmasligi uchun yo‘llar to‘sib qo‘yishgan. 

Shu bilan bir vaqtda Kataloniya aholisi Yevropa va dunyo hamjamiyatini Yevropa hududida yuz berayotgan, aholiga nisbatan noqonuniy kuch ishlatish holatiga e’tibor berishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya Avtonom viloyati Ispaniya janubi-sharqida, Fransiya bilan chegaradosh hududda joylashgan. Uning eng katta shahri Barselonadir. Kataloniyada 7,5 mln aholi yashaydi, butun Ispaniya bo‘yicha – 42 mln.

YeI va Buyuk Britaniya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish haqida referendum boshlandi

Kataloniya Ispaniyaning eng mashhur viloyatlaridan biridir. U yerda aholining o‘rtacha daromadi – yiliga 26 ming $ bo‘lib, umumiy Ispaniya bo‘yicha ko‘rsatgichdan (22 ming$) yuqori. Kataloniya Yevropaning eng ommaviy turistik manzillaridan biri hisoblanadi. Bu yerga yiliga 18 mln. sayyoh tashrif buradi. Undan tashqari ushbu viloyatda sanoat ham rivojlangan.

Kataloniya bir necha yildan beri Ispaniyadan ajralib mustaqil mamlakat bo‘lish uchun kurash olib bormoqda. 2017-yilning iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra Kataloniya viloyatining 65 % aholisi Ispaniyadan ajralish tarafdori bo‘lgan. Aholining 25 % esa bunga qarshi.

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishReferendum o nezavisimosti Katalonii
Referendum o nezavisimosti Katalonii - Sputnik O‘zbekiston
Referendum o nezavisimosti Katalonii
Yangiliklar lentasi
0