Aktor Igor Zolotoviskiy Toshkentga gastroli haqida: men yana o‘z uyimdaman!

© Sputnik Zaslujenniy artist Rossii Igor Zolotoviskiy
Zaslujenniy artist Rossii Igor Zolotoviskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri gastrollari bo‘lib o‘tmoqda, O‘zbekiston poytaxtiga kelgan aktorlar orasida Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan Igor Zolotoviskiy ham bor

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, Chexov nomidagi MBT bilan Toshkentga gastrol safariga kelgan Igor Zolotoviskiy Sputnik muxbiri bilan o‘z taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi.

Toshkentda 29-sentabrdan 2-oktabrga qadar Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri gastrollari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston poytaxtiga kelgan aktorlar orasida Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan Igor Zolotoviskiy ham bor.

"MBTdagi 35-yillik faoliyatim davomida Toshkentga ilk bor gastrol safari bilan keldim. Judayam hayajondaman, aynan shu yerda men aktor bo‘lishni orzu qilganman, bu o‘ziga xos an’analarga ega bo‘lgan teatrlar shahri", — dedi u.

Tansuyut vse: kak zavershilis Dni uzbekskoy kulturi v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Tomoshabinlarni sehrlagan muhit: O‘zbekiston madaniyati kunlari qanday yakunlandi

Aktor ona shahrini hech qachon unutmaslikka harakat qiladi. Aytishicha, u bu yerga bundan olti yil ilgari kelgan, ota-onasining xoki shu zaminda. Zolotoviskiy "Tarozi" spektalida bosh rolni ijro etuvchi turmush o‘rtog‘i Vera Xaribinaga bolaligi o‘tgan shaharni ko‘rsatish niyatida.

"Bu yer judayam o‘zgarib ketibdi. Lekin baribir qadrdonligicha qolgan. Men o‘z uyimdaman!", — deydi u.

Igor Yakovlevichning aytishicha, Toshkentdan hozirda Moskvaning eng yaxshi teatrlarida faoliyat ko‘rsatayotgan aktorlar yetishib chiqqan.

"Bular Aleksandr Kuzin, Viktor Verjbiskiy, yaqindagina Moskva meri mukofotini olgan Sergey Yepishevlar. Afsonaviy "Ilhom" teatrining ko‘plab aktorlari hozirda Rossiyada ijod qilishmoqda" — qayd etdi u.

Igor Yakovlevich 40-yillik qadrdon do‘sti Zulfiqor Musoqov bilan albatta uchrashmoqchi. U shuningdek, spektakllarga sinfdoshlari ham kelishlariga umid qilmoqda.

"Messenjerlar orqali aloqada bo‘lib turamiz, lekin yuzma-yuz ko‘rishish boshqacha", — deydi u.

Yangiliklar lentasi
0