TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob — "Sport bu — do‘stlik, sog‘lik va go‘zallik sari yo‘l" deb nomlanadi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Davlat rahbarining yangi kitobi taqdimotida Turkmaniston parlamenti rahbarlari, hukumat a’zolari, kuch tuzilmalari rahbarlari, sport va jamoatchilik vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishgan.
Kitob jismoniy tarbiya va sportning inson hayotidagi roli va ahamiyatiga bag‘ishlangan. Kitobda ommaviy jismoniy-sport harakatini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va turkman xalqining ko‘p asrlik an’analariga ega milliy sport turlarix haqida so‘z yuritilgan.
Kitob turkman, ingliz va rus tillarida tayyorlangan va fotomateriallar bilan boyitilgan.