TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:50da O‘zbekistonda yer silkinishi kuzatildi.
Yevropa-O‘rtayer seysmik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Jizzax shahridan 45 kilometr janubi-sharqda, Zomindan 23 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Ma’lumot berilishicha, zilzila magnitudasi 5,1 ballni tashkil etgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
AQSh Geologiya xizmati saytida ham ushbu yer silkinishi haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan bo‘lib, unda zilzila kuchi 5 ballga tengligi, zilzila o‘chog‘i esa 20 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilgan.
Zilzila oqibatlari haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q.