TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahriga yangi avtobuslar keltirildi, deb xabar qildi "Toshshahartransxizmat" matbuot-xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 11-maydagi "Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 2017-yil 21-sentabr kuni 15 dona yangi "ISUZU" markasidagi avtobuslar keltirildi", — deyilgan xabarda.
Yangi avtobuslar "8-avtobus saroyi" OAJ avtobus marshrutlari bo‘yicha faoliyat yuritadi, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Vazirlar mahkamasi qaroriga muvofiq 2017-yilda 140 dona avtobus yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.