Mirziyoyev bir guruh o‘qituvchilarni mukofotladi

© VYACHESLAV OSELEDKO / AFPPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan ta’lim sohasida jonkuyarlik bilan mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarni munosib taqdirladi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti farmoni e’lon qilindi.

O‘qituvchi dars bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar mukofotlandi
Unvonlar O‘zbekistonda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi" unvoni bilan:

Shahrisabz tumanidagi 78-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Voxidova Nazokat Sharipovna.

Samarqand shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Gafarova Firuza Djalalovna taqdirlangan.

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi" unvoni:

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi Maraximov Ikramjon Abduraximovichga;

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shapulatov Ziyadulla Ishkulovichga berilgan.

Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0