OAV: Ugandada yomg‘irni chaqirish uchun jodugarlar bolalarni qurbonlikka keltira boshladilar

© AFP 2023 / Isaac Kasamani Uganda
Uganda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yilda yetti nafar bola va olti nafar katta yoshdagi odamlarning tana qoldiqlari topilgan, 2016-yilda esa 7 nafar bola va 2 nafar katta yoshdagi odamlarniki. Jabrdiydalarning quloqlari, tishlari, lablari va jinsiy a’zolari bo‘lmagan

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Ugandadagi tabiblar va jodgarlar yomg‘irni chaqirib, qurg‘oqchilikdan qutulish uchun bolalarni qurbonlikka keltirishmoqda. Bu haqda Religion news servicega tanyangan holda RIA Novosti xabar berdi.

Afrika davlati bo‘lmish Uganda so‘ngi 50-yil ichida eng kuchli qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda. Oqibatda bir yarim milliondan ziyod odamlarga ochlik tahdid qilmoqda.

Ugandaning aksariyat aholisi ruhlar o‘zi bilan yomg‘irni olib kelishiga ishonishadi.

Sentabr oyi davomida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qurbon qilib so‘yishda gumonlangan 44 fuqaro qo‘lga olingan. Shulardan biri sakkiz holat bo‘yicha ayblarini tan olgan.

2015 yilda yetti nafar bola va olti nafar katta yoshdagi odamlarning tana qoldiqlari topilgan, 2016-yilda esa 7 nafar bola va 2 nafar katta yoshdagi odamlarniki. Jabrdiydalarning quloqlari, tishlari, lablari va jinsiy a’zolari bo‘lmagan.

Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlik marosimlari aslida bundan ko‘proq amalga oshirilgan, faqatgina tanalarning hammasi topilganicha yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0