TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, "Elektron parlament" tizimi shakllantirilmoqda.
"Mazkur loyihada sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqish va joriy qilish, axborot-namoyish faoliyati kabilar qamrab olingan", deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.
Ekspertlarning fikricha, ushbu loyiha parlament shaffofligini ta’minlaydi hamda samaradorligini oshiradi.