O‘zbekiston BMT minbarida bildirilgan fikrlarni amalga oshirishga kirishdi

© REUTERS / /Eduardo MunozPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov boshchiligida maxsus komissiya tuzildi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qarorni imzoladi.

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki rahbariyati hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi

Bundan tashqari, O‘zbekiston va AQSh bilan davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston-Amerika biznes forumi natijalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov boshchiligida maxsus komissiya tuzildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni BMT minbarida chiqish qildi.

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi maydonlarida O‘zbekiston rahbari Bolgariya prezidenti R.Radev va Gruziya bosh vaziri B.Kvirikashvili bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston prezidentining rasmiy saytida qayd etilishicha, "o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar bu mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat hamda istiqbollarni belgilab berdi".

Yangiliklar lentasi
0