O‘zbekistonga ertadan sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishZolotaya osen
Zolotaya osen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 sentabr va 1-oktabr kunlari kechasi 3-8 daraja iliq, vaqti-vaqti bilan 0 darajagacha sovishi mumkin

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 28-30 sentabr va 1-oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston va Povolje orqali Yevropaning Rossiya qismida hosil bo‘lgan nam, sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, 28-30 sentabr kunlari O‘zbekiston hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 15-20 m/s, (55-75 km/soat) gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29 sentabr kunlari havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, 30-sentabr va 1-oktabr kunlari kechasi 3-8 daraja iliq, vaqti-vaqti bilan 0 darajagacha sovishi mumkin.

28-30 sentabr kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Yangiliklar lentasi
0