TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli yozuvchi Nurullo Otaxanov chorshanba kuni ertalab Istambuldan qaytib kelgan chog‘ida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti yozuvchining rafiqasi Gulnora Otaxonovadan olingan ma’lumot asosida.
"U Istambuldan kelgan vaqtida, chiqish yo‘lagida to‘xtatib qolindi", — deb aytgan Otaxonova.
Gulnora Otaxonovning aytishicha, militsiya xodimlari Otaxonovning qo‘lga olinish sabablari va qayerga olib ketilayotgani to‘g‘risida tushuntirish bermagan.
63 yashar yozuvchi Nurullo Otaxonov (Nurulloh Muhammad Raufxon) 2015-yildan buyon Turkiyada yashab kelgan.
Ayni vaqtda yozuvchining o‘g‘li Fayzullaxon Feysbuk sahifasida xalqdan dadasi haqqiga duo qilishlarini so‘rab murojaat qilgan.
Fayzullaxon dadasi ayni vaqtda Yashnaobod tuman Ichki ishlar boshqarmasidaligini ma’lum qilgan.
"Shu paytgacha dadamlarni ko‘rsatishmayapti. Boshqarmadagilarni ba’zilari savol-javoblardan keyin ruxsat beramiz deyishsa, ba’zilari jinoiy ish ochilgan hali beri qo‘yvormaymiz deyishibdi. Bir tashkilotda ikki xil fikr", — deb yozgan o‘z murojaatida u.
O‘zbekiston IIV vakillari ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan izoh berishmayapti.
Nurullo Otaxonov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi bo‘limini tamomlagan.
"Yo‘l boshida" "Dunyo keng", "Shu yerlik kishi" kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari orqali tanildi.