O‘zbekistonda deyarli har ikkinchi xonadonda yengil mashina borligi ma’lum bo‘ldi

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»Na ulitsax Tashkenta
Na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Statistikaga ko‘ra, har 100 xonadonga to‘g‘ri kelgan televizorlar soni 153 tani tashkil etib, 2000-yilga nisbatan 1,7 marta oshgan

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumot berishicha, respublikada deyarli har ikkkinchi xonadonda yengil mashina mavjud. Aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta’minlanganlik darajasi 2016-yil yakunlariga kelib har 100 xonadonga 43 taga yetdi, deyiladi qo‘mita ma’lumotnomasida.

Statistikaga ko‘ra, har 100 xonadonga to‘g‘ri kelgan televizorlar soni 153 tani tashkil etib, 2000-yilga nisbatan 1,7 marta oshgan.

Shuningdek, sovutgich va muzlatgichlar — 102 dona (o‘sish 1,2 barobar), konditsionerlar — 34 dona (o‘sish 3 barobar), elektr changutgichlar — 54 dona (o‘sish 1,8 barobar), kir yuvish mashinalari — 80 donani (o‘sish 1,1 barobar) tashkil etdi.

Taleb Rifai - Sputnik O‘zbekiston
Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi o‘zbek xalqi turmushini "ajoyib" deb baholadi

2016 yil yakuniy ma’lumotlariga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan shaxsiy komputerlar 49 donani (2000 yilda — 0,2 dona) tashkil etgan.

2000-2016 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta’minlanganlik deyarli 13,6 barobarga oshib, o‘tgan yil yakunida har 100 xonadonga 246 tadan, ya’ni har bir xonadonga 2,5 tadan uyali aloqa telefonlari to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi.

Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi va ularning soni bir yilda 10000 tani tashkil etadi.

2016 yilda o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarida 50 mingdan ortiq aholi qamrab olingan bo‘lib, o‘rtacha bir uy xo‘jaligiga 5,1 kishidan to‘g‘ri kelgan.

Yangiliklar lentasi
0