TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari Toshkent viloyati Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bola sotish holatining oldini olishdi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.
"Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, tumanda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan M.Ismoilova uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi", — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.