TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
2017 yil 26-sentabrdan 1 AQSh dollari 8066,96 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, 1 YeVRO 9626,30; 1 Rossiya rubli 140,05; 1 Angliya funt sterlingi 10921,86 va 1 Yaponiya iyenasi 71,87 so‘m tarzida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Reyter agentligi O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga tayangan holda O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab aholiga naqd xorijiy valyuta sotib olishlariga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.