TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Chilonzor tumani hokimi Davron Xidoyatov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “Chilonzor” guruhini qo‘llab-quvvatladi va guruh a’zolarini hokimiyat bilan muloqot olib borishga chaqirdi.
“Hokimiyat har hafta olib borilayotgan ishlar haqida xabar berib turadi. Sizlarning har bir izohining javobsiz qolmaydi. Yo‘l infrastrukturasi, bolalar maydonchalari, issiqlik ta’minoti, ko‘klamlashtirish, axlat tashish va boshqa masalalar bilan biz har kuni mashg‘ulmiz. Bizda yaqin 2-yilga mo‘ljallangan aniq rejalar dasturi bor. Siz uning birinchi natijalarini ko‘rishingiz mumkin. Rejali ishlar doimiy ravishda amalga oshirib boriladi”, — dedi o‘z murojaatida Chilonzor tuman hokimi guruh sahifasida.
Shuningdek, Davron Hidoyatov hokimiyat bir vaqtning o‘zida barcha muammolarni hal qilish qiyinligini va tuman ma’muriyati guruh a’zolarining ko‘magi va faol ishtirokiga umid qilishini bildirdi.