TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Bir qator xorijiy saytlarda tarqatilgan, MXX rahbarining kasalligi haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"O‘zbekistan-24" telekanali o‘z saytida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Toshkent aeroportida kutib olish jarayonidan kichik videolavha joylashtirgan. Unda O‘zbekiston prezidentini kutib oluvchilar orasida MXX rahbari Rustam Inoyatov ham bor.
MXX rahbarining “og‘ir kasalligi” haqidagi ma’lumotlar, dastlab “Usman Xaknazarov” nomli jurnalist saytida paydo bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu nom ostida O‘zbekiston siyosiy hayotiga doir maqolalar chiqarib turuvchi bir guruh jurnalistlar faoliyat yuritadi.