AQSh Shimoliy Koreyaga zarba berishga tayyor ekanligini ko‘rsatdi

© CC0 / United States government work Bombardirovshik VVS SShA
Bombardirovshik VVS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning strategik bombardimonchi samolyotlari, qiruvchi samolyotlar kuzatuvida Shimoliy Koreyaning qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab uchib o‘tishdi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Amerikaning B-1B Lancer bombardimonchi va F-15 qiruvchi samolyotlari Shimoliy Koreya qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab uchib o‘tdi, deb xabar qildi Pentagon rasmiy vakili Dana Uayt

"Bu — KXDRning o‘ylamay qilgan hatti-harakatlarini biz naqadar jiddiy qabul qilayotganimizning belgisidir.  Ushbu manyovr AQShning zarba berishga tayyor ekanligini namoyish qiladi va prezident, har qanday tahdidni yakson qilib tashlashi uchun, ko‘plab variantlarga ega ekanligini yaqqol ko‘rsatadi", — dedi Dana Uayt o‘z bayonotida.

Pentagon xabariga ko‘ra, amerikaning bombardimonchi samolyoti Okinavadagi harbiy bazadan, qiruvchi F-15lar esa Guam orolidan uchib chiqqan va Koreyalar orasidagi demilitar hududdan ancha ichkariga kirgan.

Bunga javoban Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Koreyaga hujum qilingan taqdirda AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi "shafqatsiz chorlar" ko‘rishini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0