TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab aholiga naqd xorijiy valyuta sotib olishga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga asoslanib Reyter agentligi xabar qildi.
Jurnalistlarning hukumat milliy valyutani devalvatsiya qilishda davom etish-etmasligi haqidagi savoliga bosh vazir "Buni bozor ko‘rsatadi", deb javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab rezident jismoniy shaxslar almashtirish punktlarida valyutani chegaralanmagan miqdorda sotish huquqiga ega bo‘ldilar. Aholi valyuta sotib olganda esa konversion kartalarga o‘tkazib berish yo‘lga qo‘yilgandi.
Bundan tashqari, bir necha kun oldin xususiy tadbirkor va fermer xo‘jaliklariga bankdagi o‘z hisob raqamlaridan naqd valyuta olishga ruxsat berilganligi xabar qilingandi.