Mirziyoyev va Tramp oilalari uchrashuvi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova bilan BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurdi

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni AQShga tashrifi bilan samimiy qutladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
AQShga tashrif: BMT minbaridagi O‘zbekiston tashabbuslari va 2,6 mlrd $lik hujjatlar

O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekiston rahbari sharafiga 21-sentabr kuni tashkil etilgan O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan qabul marosimida tabrik maktubi o‘qib eshittirildi.

Qutlov izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston va AQSh munosabatlarining bugungi holatini ifoda etib, ikki davlat Prezidentlarining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida yakdilligini tasdiqladi.

Quyida ushbu tabrik matni e’lon qilinmoqda.

© Ofitsialniy sayt prezidenta Uzbekistana AQSh prezidentining Shavkat Mirziyoyevga qutlov maktubi
Privetstvennoe poslanie Donalda Trampa v adres Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidentining Shavkat Mirziyoyevga qutlov maktubi

 

"Melaniya va men O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi hamda Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan qabul marosimining barcha qatnashchilarini tabriklaymiz.

Amerika xalqi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi bilan chin dildan qutlaymiz. O‘zbekiston 1992-yildan buyon xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasini taraqqiy ettirish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarimizda muhim sherikka aylandi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali hamda madaniy aloqalar va turli darajadagi hamkorlik asosida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlab kelayotgan o‘zbekistonlik sheriklarimiz faoliyatini qadrlaydi. Qo‘shma Shtatlar o‘zaro do‘stlik rishtalarini rivojlantirish va kelgusi avlodlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarni davom ettiradi.

Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Siyosiy ekspert: Shavkat Miromonovich barchaga xush keldi

Qabul marosimi barcha qatnashchilar uchun sermazmun o‘tishini tilayman".

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston yetakchisi ko‘plab mavzular — O‘zbekistondagi so‘nggi islohotlar, mintaqaviy hamkorlik va ekologiya muammolari borasida nutq so‘zlab, jamoatchilik e’tiborini qozondi. Mirziyoyev shuningdek, barchani tashvishga solayotgan terrorizm mavzusini tilga olarkan, mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston tomonining takliflarini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0