TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Ashxobodda boʻlib oʻtayotgan jang sanʼati va yopiq inshootlardagi V Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilari navbatdagi medallarni qoʻlga kiritishdi hamda medallar jamgʻarish boʻyicha 3-oʻringa koʻtarilishdi. Bu haqda ashgabat2017.com sayti xabar bermoqda.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ayni paytga qadar 80ta medal olishga erishdi. Ulardan 16tasi oltin, 20tasi kumush va 44tasi bronza medallari.
Medallar jamgʻarish boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻrindagi mezbon Turkmaniston va ikkinchi oʻrinda borayotgan Eron terma jamoalaridan keyin uchinchi oʻrinda joylashgan.