Toshkent aeroportida Turkiyadan soxta 20 ming $ni olib kirmoqchi bo‘lgan ayol fosh qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ayol qalbaki pullarni Istanbuldan olib kelgan. Unga o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxona maskani xodimlari tomonidan Istanbuldan qalbaki bo‘lgan 20 ming dollarni olib kirishga uringan ayol to‘xtatildi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
MXX O‘zbekiston bo‘ylab valyutafurushlarga qarshi reydlar o‘tkazdi

Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaroning yo‘l sumkasi bojxonachilar tomonidan ko‘zdan kechirilganda sumkadagi oyoq kiyimlari orasiga 20 ming AQSh dollari yashirib joylashtirilganligi aniqlandi.

"Toshkent-Aero ixtisoslashtirilgan bojxona komleksi xodimlari Istanbuldan kelgan yo‘lovchi ayol sumkasi ko‘zdan kechirilganda poyabzallar orasiga yashirilgan qalbaki 20 ming dollarni aniqladilar" — deb yozilgan xabarda.

Ekspert-kriminalistik xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan ushbu kupuralar qalbaki ekanligi tasdiqlandi va yo‘lovchi ushlab qolindi.

Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasan, ularni o‘tkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu moddaga binoan qalbaki chet el valyutasini juda ko‘p miqdorda o‘tkazish o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0