Meksikadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 286 nafarga yetdi

Obuna bo‘lish
Undan avval qurbonlar 273 nafar tashkil etganligi haqida xabar berilgan edi

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Meksikadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 286 nafarga yetdi, deb xabar qildi milliy avariya-qutqaruv xizmati rahbari Luis Felipe Puente. RIA Novosti xabariga asosan.

Zemletrasenie v Meksike - Sputnik O‘zbekiston
Meksikada bo‘lib o‘tgan dahshatli yer qimirlashi lavhalari

Undan avval qurbonlar 273 nafar tashkil etganligi haqida xabar berilgan edi.

"Mexiko shahrida 148 kishi, Morelosda 73 kishi, Puebleda 45 kishi, Mexiko shtatida 13 kishi, Gerreroda 6 kishi, Oaxakeda 1 kishi vafot etgan, jami qurbonlar soni 286 nafar", — deb yozgan Puente o‘zining Twitterida.

Zilziladan so‘ng 200 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni Meksikada 7,1 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Aholisi 20 mln kishi bo‘lgan Mexikoda yer qimirlashi oqibatida buzilgan yoki yaroqsiz holga kelgan binolar soni 38 taga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0