TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Vashingtonda 21 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi madaniy yodgorliklarni oyoq-osti qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. Yigitcha AQShning 16 prezidenti Avraam Linkoln memorialiga o‘z ismini tanga yordamida qirib yozgan.
Amerika OAVlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, majmuadagi kolonnalardan birida "Nurt Ilek" degan yozuv topilgan
— Tim Barber (@ABC7TimBarber) 19 sentabrya 2017 g.
Oradan ko‘p o‘tmay ushbu yozuv muallifi shaxsi aniqlangan. U Vashingtonda tahsil oladigan 21 yashar qirg‘izistonlik talaba bo‘lib chiqqan.
Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, yigitga mol-mulkni qasddan yo‘q qilish ayblovi qo‘yilgan. Vashingtondagi Qirg‘iziston elchixonasi xodimi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida talaba yigit o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan. Diplomatik vakolatxona taxminiga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 2 ming dollarni tashkil qilgan. Sud majlisi oktabr oyi oxiriga belgilangan.
— Tim Barber (@ABC7TimBarber) 19 sentabrya 2017 g.
Linkoln memoriali Amerika poytaxtining maxsus qo‘riqlanadigan obyektlari ro‘yxatiga kiradi. Majmua AQShning 16 prezidenti Avraam Linkoln xotirasiga barpo etilgan.