Qirg‘iziston parlamenti chegara shartnomasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Pogranichnik na uchastke granisi
Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Qirg‘iziston parlamenti majlisida deputatlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda tasdiqlashdi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan davlat chegarasi haqidagi shartnomani birinchi o‘qishda ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), deb xabar qilmoqda Jogorku Kenesh matbuot xizmati.

"Jokorku Kenesh majlisida, bugun 21-sentabr kuni deputatlar 2017-yilning 5-sentabrida imzolangan, davlat chegarasi haqidagi qonunni ko‘rib chiqishdi. Yopiq majlis natijalariga ko‘ra, qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi", — deyilgan rasmiy xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirzig‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambayev 5-sentabr kuni ikki davlat orasidagi chegaraning 85%ni  belgilaydigan shartnomani imzolashgan edi.

Bishkekda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, prezidentlar qolgan hududlar bo‘yicha, aksariyat anklavlar borasida, muzokaralar olib boriladi va ular yaqin orada hal qilinishi mumkin, degan edi.

Yangiliklar lentasi
0