TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Nyu-Yorda 20-sentabr kuni Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkiloti mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston TIV.
Unda dunyoda barqarorlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyat hamda xalqaro terrorchilikka qarshilik qilish haqidagi bayonotlar qabul qilindi.
"Uchrashev natisida uchta umumiy bayonot qabul qilindi — dunyoda hartomonlama barqarorlik o‘rnatish, Afg‘onistondagi vaziyat hamda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash haqida", — deyilgan rasmiy xabarda.
KXShT TIV rahbarlari uchrashuvi BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasi kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tashkilot rahbari Yuriy Xachaturov 10-20 noyabr kunlari Tojikistonda KXShTning kollektiv tezkor kuchlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishrini xabar qildi.
KXShT 1992-yilda MDH a’zolari tomonidan Toshkentda tashkil qilingan. Bugungi kunda tashkilotga a’zo mamlakatlar Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston.