TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Kecha avtoraqam.uzex.uz sayti orqali o‘tkazilgan avtomototransport vositalari uchun auksionda chiroyli raqamlardan biri 50 mln so‘mdan ortiqroqqa sotildi. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Z 770 ZA avtoraqamini 50 million 773 ming so‘mga sotib olgan. Uning boshlang‘ich bahosi 7mln 488 ming 750 so‘m qilib belgilangan edi.
Bundan tashqari, Z 701 ZA avtoraqami 34 mln 22 ming 687 so‘m, Z 702 ZA — 16 mln 475 ming 250 so‘m, Z 990 ZA — 7 mln 563 ming 637 so‘m va Z 770 OA — 5 mln 294 ming 546 so‘mga sotilgan.
Eslatib o‘tamiz. 14-sentabr kuni Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 563 637,5 so‘mga sotilgandi.