TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 19-sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini yangiladi.
14 Sentabr 2017, 14:26
Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari o‘rnatilgan valyuta kursiga nisbatan qariyb 14 so‘m 65 tiyinga pastlagan va 8077.48 so‘mga teng bo‘ldi.
Yevro esa 75.52 so‘mga kamaygan va 9 646.13 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 5-sentabrdan beri jismoniy shaxslar tijorat banklari orqali 200 mln dollar yuridik shaxslar 100 mln dollar almashtirganligi haqida xabar bergan edik.
