Ostonada baxtsiz hodisa yuz bergan bino rahbari qo‘lga olindi

© ©Foto: KChS MVD RKPerekritie i stena obrushilis v stroyashemsya dome v Astane
Perekritie i stena obrushilis v stroyashemsya dome v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, plitalar qurilish materiallari bilan haddan to‘lib-toshganligi tufayli qurilayotgan obyekt devori qulagan bo‘lishi mumkin

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Ostonada qurilayotgan binoning bir qismi qulab tushgach huquq-tartibot organlari xodimlari yuklash-yuk tushirish ishlari uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlardan birini qo‘lga oldilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Perekritie i stena obrushilis v stroyashemsya dome v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Ostonada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi
Kuni kecha Qozog‘iston poytaxti Ostonada baxtsiz hodisa tufayli ikki nafar o‘zbekistonlik ishchilar qurbon bo‘lgan, yana bir kishi kasalxonaga olib ketilgan. Fojea yakshanba kuni, Alash ko‘chasi 25 uy manzilida sodir bo‘lgan. U yerda qurilayotgan uyning devori va tomining temir-beton plitasi qulab tushgan.

Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, plitalar qurilish materiallari bilan haddan to‘lib-toshganligi tufayli qurilayotgan obyekt devori qulagan bo‘lishi mumkin.

Hozirda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0