TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Shanba kuni kelib tushgan "Minalashtirilgan" degan xabarlardan keyin Rossiyaning 11 subʼyektlaridan 21 ming kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbadan olingan xabar asosida.
"Soat 21.30 holatiga koʻra, Rossiya Federatsiyasining 11ta subʼyektlariga temiryoʻl va avtovokzallar, ijtimoiy ahamiyatga ega obʼyektlar hamda Moskvadagi Qizil maydonni portlatish tahdidi bilan 57ta anonim qoʻngʻiroq kelib tushgan", — deb qayd etgan manba.
"Barcha obʼyektlar tekshirilgan, portlash xavfi tasdiqlanmadi", — deb taʼkidlagan u.
Rossiya boʻylab besh kundan beri turli maʼmuriy binolar va savdo majmualarining "minalashtirilgani" toʻgʻrisida anonim qoʻngʻiroqlar tinmayapti. Chorshanba kuni bu holat Moskvagacha yetib keldi. Poytaxtga kelib tushgan anonim qoʻngʻiroqlarda 50ta obʼyektlarning "minalashtirilgani" xabar qilingan. Ular orasida vokzallar, yirik savdo markazlari boʻlgan. 40 mingdan ziyod kishi mana shu qoʻngʻiroqlar tufayli evakuatsiya qilingan.
Anonim qoʻngʻiroqlar tufayli mamlakatda jami 130 ming kishi evakuatsiya qilingan. Rossiya davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Yuriy Shvitkinning soʻzlariga koʻra, yoppasiga avj olgan telefon terrorchiligi oqibatida Rossiya iqtisodiyotiga 1 milliard rubl zarar yetkazilgan.