Jamiyat

Tabiat oʻzgarishlarini kuzatish va kadastrlashda Qozogʻiston sputniklari yordam beradi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bundan oldin “Roskosmos” ham ushbu sohada Oʻzbekistonga oʻz xizmatlarini taklif qilgan edi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston koinot sanoatida ham hamkorlikni rivojlantirish arafasida turishibdi, dedi Nursultan Nazarbayev Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi davomida.  

"Qozogʻiston va Oʻzbekiston koinot sohasida ham hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Qozogʻiston sputniklari Oʻzbekiston uchun yer hududni zonalarga boʻlish haqidagi maʼlumotlarni berishi mumkin. Shuningdek OAVlar uchun ham ularning xizmati hozirgidan koʻra ancha arzon boʻladi", — dedi Nazarbayev.

Eslatib oʻtamiz, bundan biroz oldin Rossiiyaning "Roskosmos" korporatsiyasi ham ushbu sohada hamkorlik qilish taklifi bilan chiqqan edi. Xususan Roskosmos GLONASS navigatsiya tizimini ishlatish borasida hamkorlik taklif qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekiston milliy jugʻrofiy axborort tizimi tashkil qilmoqda. Yangi tizim respublikaning tabiiy-iqtisodiy salohiyatiga baho berish hamda davlat organlari va yuridik shaxslar uchun kadastr maʼlumotlariga tezkor murojaat qilish imkonini beruvchi tizim yaratilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 25 million dollardan ortiq.

Yangiliklar lentasi
0