TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni Turkmanistonga joʻnab ketdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Ashxobodda Shavkat Mirziyoyev boshlanishi Yopiq inshootlarda va jang sanʼatlari boʻyicha V Osiyo oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu tashrif doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Bundan bir necha soat oldin, Oʻzbekistonda ishchi tashrif bilan boʻlgan Qozogʻiston prezidenti Nursultan Nazarbayev ham Turkmanistonga ushbu tadbirda ishtirok etish uchun joʻnab ketgan edi.