TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ishga tushdi.
Murojaatnomalar OʻFFning maxsus sahifasida qoldirilishi mumkin yoki president@the-uff.com elektron pochtasi orqali yoʻnaltirilishi mumkin.
Virtual qabulxona hozircha sinov tartibida ishlamoqda. Murojaatlar qabul qilindimi-yoʻqmi, buni arizaning saytdagi maqomidan bilib olsa boʻladi.
"Kelajakda ariza berish jarayoni orttirilgan tajribaga muvofiv takomillashtirib boriladi", — deyilgan xabarda.
Umid Axmadjonovi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti lavozimiga sentyabr oyida saylangan edi. Axmadjonov ushbu lavozimda Mirabror Usmonovning oʻrniga kelgan edi.