Markaziy bank kriptovalyutalardan foydalanishni maslahat bermaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKriptovalyuta bitkoyn
Kriptovalyuta bitkoyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki, aholiga bugungi kunda dunyoda kundan-kunga ommaviylashib ketayotgan, kriptovalyutalardan foydalanishni maslahat bermaydi

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki kriptovalyutalarning bir necha salbiy tomonlarini sanab o‘tib, aholiga ulardan foydalanishni maslahat bermadi.

Krpitovalyuta (bitkoin, efirium, litkoin va boshqalar) –  bu elektron pul, blokcheyn texnologiyasiga  asoslangan raqamli hisob-kitob birligidir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: kriptovalyutadan foydalanayotgan tomonlarning anonimligi saqlanib qoladi; hech bir davlat yoki tashkilot uni ishlab chiqarish yoki aylanishiga xo‘jayinlik qila olmaydi;

“Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida kriptovalyutalarni joriy etish va ular vositasida operatsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligini bildirgan holda, mazkur operatsiyalarda aholining ishtirok etishi tavsiya etilmaydi”, — deyilgan O‘zbekiston Markaziy banki xabarida. 

Bunday maslahat berilishiga Markaziy bank kriptovalyutalar bilan bog‘liq bir necha sabablarni sanab o‘tgan.

Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?
Xususan, kriptovalyutalardan ba’zan noqonuniy operatsiyalarda, jumladan terrorizmi moliyalashda foydalanilayotgani, davlat va xalqaro moliya institutlari ularni nazorat qila olmasligi, ular xufiyona iqtisodni kengaytirishga sabab bo‘layotgani, keskin qadrsizlanib qolishi mumkinligi  va markaziy banklarning nzorat qilish siyosatini cheklayotgani sanab o‘tilgan.

Shu bilan bir vaqtda, Markaziy bank jahon moliyaviy xizmatlari sohasidagi yangiliklar, qo‘llanilayotgan texnologiyalarni kuzatib va muntazam ravishda tahlil qilib borayotgani ham qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0