Koreyada ishlashni xohlovchilar test topshiradi va maxsus sinov jarayonidan o‘tadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani: Yujnaya Koreya
Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyada ishlashni istagan nomzodlar chet tilidan imtihon topshiradilar hamda profayling jarayonidan o‘tadilar

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Janubiy Koreyada ishlashni istagan o‘zbekistonliklar maxsus testdan o‘tadilar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Rabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilning 1-choragida 550 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga ishlash uchun ketgan

Respublika Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreyaning kompleks test o‘tkazish Markazi bilan shartnoma imzoladi.

Endilikda Koreyada ishlashni istovchilar chet tilidan imtihon topshiradilar va profayling (insonni imo-ishorasi orqali o‘rganish) jarayonidan o‘tadilar.

Dastlabki test sinovida yuqori ball olgan da’vogarlar ro‘yxati Koreya tomoniga yuboriladi. So‘ngra ular Koreya tomonidan test sinovidan o‘tkaziladi.

Sinovlar bir yil muddat davomida olib boriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Erkin Muhitdinovning aytishicha, Koreyaga yuboriladigan o‘zbekistonlik kadrlarning imijini oshirish uchun barcha zarur ishlar amalga oshiriladi. Respublika hukumati Koreya O‘zbekiston uchun yillik kvotani oshiradi degan fikrda.

Yangiliklar lentasi
0