TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar berdi uznews.uz.
Xabarga ko‘ra, podpolkovnik Ilhom Qutlimurotov IIV Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Murod Nurmuhamedov — IIV Patrul- post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda podpolkovnik Akmal Jo‘rayev IIV Maxsus otrad komandiri etib tayinlangan.
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib podpolkovnik Shuhrat Yo‘ldoshev tayinlangan.
Podpolkovnik Sherzod Xolmurodov Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i hamda podpolkovnik
Ozodjon Sattorov Navoiy viloyati Konimex tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.