Toshkent markazida delfinariy va dunyo mo‘’jizalari joylashgan park quriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishDelfinariy
Delfinariy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parkning yana bir o‘ziga xos jihati, bu yerda jahonning mashhur me’moriy durdonalari nusxalari hamda zamonaviy landshaft dizayni qad rostlaydi

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Stargate systems kompaniyasi Toshkent markazida zamonaviy yuqori texnologiyali madaniyat va istirohat bog‘i tashkil etilishiga 60 million dollar investitsiya kiritadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Yangi maskan hozirgi O'zbekiston milliy bog'i negizida tashkil etiladi. Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi, 2018-yil oxirigacha investor 20 million, 2019-yilda 15 million va 2020-yilda 25 million dollar sarmoya kiritadi. Park hududi investorga 49-yilga ijaraga beriladi.

Rivojlanish konsepsiyasiga ko‘ra, parkda o‘rgatilgan delfinlar bilan maxsus shoular namoyish etiluvchi delfinariy, serfing bilan shug‘ullanish uchun suv attraksioni barpo etiladi. Bu yerda shuningdek, labirint, tomosha charxpalagi, amerikacha tepaliklar, avtodrom va boshqa zamonaviy ko‘ngilochar attraksionlar quriladi.

Parkning yana bir o‘ziga xos jihati, bu yerda jahonning mashhur me’moriy durdonalari nusxalari hamda zamonaviy landshaft dizayni qad rostlaydi.

Dubayskiy Okeanarium i podvodniy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor okeanarium va suv osti restorani - "Formula-park" quriladi

Tashkilotchilar bundan tashqari turli tadbirlar o‘tkazish uchun o‘rta asrlarga xos qal’a, bolalar kafesi va ko‘ngilochar maydonchalar qurishni rejalashtirishgan.

Eng kichik yoshdagilar uchun velosiped yo‘lakchalari, bolalar maydonchalaridan iborat maxsus oilaviy hudud paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, park hududida yirik savdo-ko‘ngilochar markazi, amfiteatr va rangli tasvirlar proyeksiyasini aks ettiruvchi fontan quriladi.

Investor ushbu parkka to‘rt delfin, 50 to‘tiqush, 30 yirtqich qush, 1000 dona baliq, 50tadan kiparis va magnoliya daraxtlari olib kelishni rejalashtirgan.

Toshkent shahar hokimiyati shu yilning 1-oktabrigacha inshootlar, qurilmalar va attraksionlarni buzish va demontaj qilishi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" esa bolalar temir yo‘li demontaj qilinishini ta’minlashi lozim.

Yangiliklar lentasi
0