Ulgurji savdoga nisbatan litsenziya talablari yumshatiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUlgurji savdo bazasi
Ulgurji savdo bazasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, litsenziya olishda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etish to‘g‘risidagi talab ham bekor qilinadi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining "Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi qonunchilik hujjatlari tizimini baholash tizimi (QHTBT) portalida muhokama uchun joylashtirildi, deb xabar qildi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tubdan o‘zgartiruvchi farmon imzoladi
Ulgurji savdo korxonalari ustav jamg‘armasi miqdoriga talablarni eng kam ish haqining 3 500 baravaridan 1 000 baravarigacha, ustav jamg‘armasini pul mablag‘lari bilan shakllantirish qismida esa — eng kam ish haqining 1200 baravaridan 100 baravarigacha qisqartirish taklif qilinmoqda.

Ustav jamg‘armasining alohida miqdoriga va tarkibiga talablarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladigan korxonalarga tatbiq etmaslik taklif qilinmoqda.

Ularga yuridik shaxslar ustav jamg‘armasi miqdoriga umumiy talablar qo‘yiladi. Masalan, "Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida"gi Qonunning 14-moddasida ularning ustav jamg‘armalari kamida eng kam ish haqining 40 baravarini tashkil etishi belgilangan.

Shuningdek, litsenziya olishda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etish to‘g‘risidagi talab ham bekor qilinadi.

Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0